Rossiyaning Novosibirsk shahrida olimlar jonivorlardagi sut bezlari saratonini davolashga mo‘ljallangan vaksinani ishlab chiqdi. Yangi preparat jonivorga xastalikka qarshi o‘z aksiltanalarini ishlab chiqish va bir necha yil to‘laqonli yashash imkonini beradi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz ishlab chiqqan vosita peptid vaksinalardandir. Uning asosida butun oqsil molekulasi emas, saraton hujayralari oqsillarining parchalari yotadi. Bu terapevtik vaksina — organizmga kiritilgach, u metastazlar rivojlanishiga bosim o‘tkazib, saraton hujayralari bo‘linishini bloklaydi, shu bilan o‘simta jonivorning organizmida boshqa rivojlanmaydi”, — dedi loyiha rahbari Yevgeniy Rijikov.
Izoh (0)