Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa davlatlarining Yevroittifoq doirasidagi integratsiyasi vaqtinchalik to‘xtatilishi zarur. Bu haqda Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk Welt am Sonntag nashrida 27-noyabr, yakshanba kuni chop etilgan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Yoaxim Gauk.

Yoaxim Gauk.
Foto: EPA

“Yevroittifoqni yaratish asnosida oldingi avlodlar faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan aql bovar qilmas konsepsiyani ishlab chiqdik. Biroq ushbu katta birlashuv yo‘lida ba’zan juda shoshildik, hamma fuqarolar ham ortimizdan yetib ololmadi yoki buni istamadi. Biz qanday maqsadlarni ko‘zlashimiz kerakligini muhokama etish uchun tanaffus haqida o‘ylab ko‘rishimiz foydadan xoli bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi prezident.

Gauk ko‘pchilik odamlar uchun birlashgan Yevropada va butunjahon globallashuvi sharoitida yashash oson emasligini bildirdi.

“Hamma ham o‘zini dunyo fuqarosi deb bilavermaydi. Insonlarga uy, vatan kerak, ular o‘zlarini nimagadir tegishli ekanligini his etishni istaydi”, — deya izoh berdi Gauk.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...
Mahalliy
Tashkent Index’dagi talabalar majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — vazirlik
Mahalliy
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi tiklandi