Kaspiy dengizida Eron milliy neft kompaniyasiga qarashli vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda, IRNA agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Behshahr hokimi (Eron sharqidagi Mozandaron viloyati) Holiq Sajjodiyning ma’lum qilishicha, uch yo‘lovchining tanasi Qizil yarim oy jamiyati qutqaruvchilari tomonidan aniqlanib, evakuatsiya qilindi. Qolgan ikki qurbonning tanasini topish uchun qidiruv operatsiyalari davom ettirilmoqda.
Vertolyot texnik nosozlik tufayli qulagani ma’lum qilinmoqda. Vertolyot Amir Kabir platformasidan bir kishini qutqarib, manziliga qaytayotgan edi.
Izoh (0)