Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) versiyalari bo‘yicha birinchi og‘ir vazndagi chempioni rossiyalik Denis Lebedevga Los-Anjeles–Moskva aviareysida janjal ko‘targan yo‘lovchini tinchlantirishga samolyot ekipaji ruxsat bermadi. Bu haqda “Rossiya 1” telekanaliga tayanib, “TASS” ma’lum qilmoqda.
Janjalkash yo‘lovchi to‘satdan o‘rnidan turib, baqira boshladi va hammani o‘ldirishi haqida aytdi. Samolyot ekipaji a’zolari uni tinchlantirishga uringanida rossiyalik bokschi ularga yordamga bordi. Ammo ular Lebedevga bu ishni qilishga ruxsat bermadi.
Natijada uchuvchi Kanadaning Baffinov Yeri orolida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Janjalkash yo‘lovchi Kanada politsiyasi tomonidan bortdan olib chiqildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)