Afg‘oniston shimoli-g‘arbida mamlakat xavfsizlik kuchlari “Tolibon” ekstremistik harakati jangarilari tomonidan garovga olingan o‘ndan ortiq harbiyni ozod qildi. Bu haqda, Hama Press’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, askarlar 23-noyabr kechasi Faryob viloyatida ozod qilindi. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Bir yil muqaddam Afg‘oniston armiyasining 13 harbiy xizmatchisi Pashtunkot tumanida “Tolibon” tomonidan qo‘lga olingan edi. Ularning vertolyoti ekstremistlar nazorati ostidagi hududga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.
Izoh (0)