AQShdagi saylovoldi poygasi chog‘ida Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlagan amerikalik milliarder investor Uorren Baffet Donald Trampning g‘alabasidan keyingi davr ichida o‘z davlatini 11 milliard dollardan ziyodga ko‘paytirdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Baffetning boyligi AQShda Trampning g‘alabasidan keyin kuzatilgan moliyaviy sektordagi kompaniyalar aksiyalari kursining oshishi natijasida ko‘paydi. Bunga bo‘lajak prezidentning ushbu sektorni nazorat qilishni susaytirish rejalari sabab bo‘ldi.
Baffett Berkshire Hathaway xolding kompaniyasini boshqaradi. Uning portfeliga kiruvchi moliyaviy kompaniyalar kotirovkalari o‘sishi natijasida Baffetning davlati 4,3 milliard dollarga ko‘paydi. Yana 3,8 milliard dollarni u Berkshire Hathaway’ning o‘z bozor kapitalizatsiyasi o‘sishi hisobiga orttirdi. Bundan tashqari, Bank of America’ning 700 millionta aksiyasini sotib olish uchun Baffettga tegishli uzoq muddatli opsionlar narxining oshishi milliarderga qo‘shimcha 3 milliard dollar keltirdi. Trampning g‘alabasidan keyin Baffett jami 11,1 milliard dollarga boyidi.
Izoh (0)