Zimbabve prezidenti Robert Mugabening rafiqasi Greys Mugabe hukmron partiya va hukumatda yuqori lavozimlar uchun kurashish niyati yo‘qligini, u hozirning o‘zida eri bilan birgalikda davlat boshqaruvi masalalarini hal qilishini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mashonalend Uest provinsiyasi ayollar ligasi bilan uchrashuv chog‘ida Greys Mugabe allaqachon prezident ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
“Men prezidentning rafiqasiman, men allaqachon davlat rahbariman. Men hamma narsani prezident bilan birga rejalashtiraman va bajaraman, yana nimaniyam xohlashim mumkin”, — uning so‘zlarini keltiradi News Day nashri.
51 yoshli Greys Mugabe hukmron partiyaning ayollar ligasiga boshchilik qiladi. Oxirgi paytlarda u vitse-prezident lavozimiga kelishni, so‘ng 92 yoshli turmush o‘rtog‘ining o‘rnini egallashni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Tahlilchilar uni va birinchi vitse-prezident Emmerson Mnangagvani davlat rahbarining merosxo‘rligiga asosiy da’vogarlar deb hisoblaydi.
Izoh (0)