“Rospotrebnadzor” idorasi rahbari Anna Popova Rossiyada gripp epidemiyasi boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Gripp epidemiyasi mavsumiga kirdik. Gripp virusi qaydlari hafta sayin ko‘paymoqda. Yana ikki-uch haftadan so‘ng biz xastalanish bo‘yicha mutlaqo boshqa manzaraga guvoh bo‘lamiz”, — dedi Rossiyaning bosh sanitar vrachi Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida haftalik epidemiya ko‘rsatkichlarining oshib ketishi RFning uch subyektida , 3–6 yoshdagi bolalar orasida ko‘rsatkichlarning oshishi to‘rt subyektda, 7–14 yoshdagi bolalar orasida ko‘rsatkichlarning oshib ketishi esa uch subyektda kuzatilmoqda.
Yoshi katta aholi orasida bunday holat besh subyektda qayd etildi.
Izoh (0)