Qozog‘iston prezidentining sobiq matbuot kotibi, amaldagi axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev mamlakat poytaxti Ostonani prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlash taklifi deputatlar va davlat rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishiga ishonch bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“O‘ylaymanki, deputatlarning taklifi ko‘rib chiqiladi, davlat rahbari esa, har doimgiday, bu masalada qaror qabul qiladi”, — dedi Abayev, jurnalistlarning bu boradagi savollariga javob berarkan.
Jurnalistlardan biri ushbu taklif shaxsga sig‘inish sifatida baholanishi mumkinligi haqida savol berganida Abayev bunday yondashuv to‘g‘ri emasligini ta’kidladi.
Izoh (0)