Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena” majmuasida boks bo‘yicha 17–18 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 6-kunidan o‘rin olgan bellashuvlarda ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik 5 bokschidan 3 nafari g‘alabaga erishdi, yana 2 nafari turnir bilan xayrlashdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
-75 kilogramm vazn toifasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazayotgan Shohruzbek Rustamov uchinchi jangida ham g‘alabaga erishdi. U Xitoy Taypeyi vakili Chia-Vey Kanni 5:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
-56 kilogramm vazndagi Shunqor Abdurasulov germaniyalik Andreas Yagerdan 5:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, -60 kilogramm vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov bu safar armanistonlik bokschi Narek Xovxanisyanni 4:1 hisobida yengdi.
Musobaqaning 6-kungi bahslarida ikkita mag‘lubiyat ham bo‘ldi. -64 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Behruz Rahmonov uchinchi jangida Dominikana Respublikasi vakili Emiliano Polansoga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
-69 kilogramm vazndagi Ulug‘bek Sobirov esa qozog‘istonlik raqibi Sadriddin Ahmedovga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)