Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klinsmann futbol bo‘yicha AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi va texnik direktori lavozimlaridan ozod etildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Klinsmann bilan xayrlashish borasida qiyin qaror qabul qildik. Unga 5 yil davomida ko‘rsatgan sadoqati va mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz”, – deyiladi AQSh terma jamoasi matbuot xizmati xabarida.
Germaniyalik mutaxassis 2011-yilda AQSh termasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 52 yoshli mutaxassis faoliyati davomida “Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasini boshqargan. 2006-yilda u mamlakat termasi bilan jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
AQSh terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichini omadsiz boshladi. Jamoa dastlabki ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lib, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari (KONKAKAF) zonasida oxirgi, 6-o‘rinda bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)