Credit Suisse ekspertlarining ma’lum qilishicha, joriy yil davomida Rossiyada dollardagi millionerlar soni 14 foizga qisqardi. Bu haqda “Argumenti i fakti” yozmoqda.
2016-yilda dollardagi millionerlar soni 79 ming kishini tashkil etdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 92 ming kishiga teng edi.
Shu bilan birga, yil davomida milliarderlar soni ko‘paydi. 2015-yilda Rossiyada 90 nafar dollardagi milliarder bor edi, hozir esa ularning soni 96 kishiga yetdi.
Shuningdek, Credit Suisse’ning Global Wealth Report hisobotida ta’kidlanishicha, 2015-yil o‘rtalaridan 2016-yil o‘rtasiga qadar Rossiyada uy xo‘jaliklarining daromadi 14,5 foizga qisqarib, yoshi katta har bir insonga 12,09 ming dollardan 10,34 ming dollarga tushgan.
Izoh (0)