BMTning 21-noyabr, dushanba kuni chop etgan OITV/OITS bo‘yicha Qo‘shma dasturi hisobotida ma’lum qilinishicha, dunyo bo‘yicha OITVga chalinganlar soni 2015-yilda 39,8 million kishiga yetdi, OITS oqibatida esa 1,1 million kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hisobotda qayd etilishicha, 2015-yilda OITS oqibatida vafot etganlardan 110 ming nafarini 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etgan. Shu bilan bir paytda OITVga chalinganlardan 1,8 millioni bolalardir.
Shuningdek, OITVga chalinish xavfiga 15—24 yosh oralig‘idagi ayollar uchramoqda.
BMT dasturi statistikasiga ko‘ra, 2015-yilda OITVga 2,1 million kishi, jumladan, 150 ming bola chalingan. Biroq ushbu virus bilan yashayotgan katta yoshli odamlarning faqat 46 foizi davolanish imkoniga ega bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)