Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz – milliy g‘ururimiz va iftixorimiz” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitet pedagog xodimlari va talabalari hamda Rio–2016 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilar ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempionlari Fazliddin G‘oyibnazarov (-64 kg) va Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), XV Paralimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘lgan Sevinch Salayeva (-52 kg) va Feruz Saidov (-73 kg) mazkur tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori Yesemurat Kanyazov ochib, bayroqning tasdiqlanish tarixi, uning huquqiy asoslari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng mehmonlar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Rio—2016 Olimpiadasi qahramonlariga murojaat etdi. Ular ham o‘z navbatida berilgan barcha savollarga javob beridi.
Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi
Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida mehmon bo‘ldi (foto)
Izoh (0)