21-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirliklari elchisi Mohammed Hareb Almehairbi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida davlatlararo shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashinish to‘g‘risida bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayonnoma jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida shartnomani, ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani, mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani o‘z ichiga oladi.
Mazkur shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan sanadan 30 kun o‘tib, 2016-yil 21-dekabrda kuchga kiradi.
Izoh (0)