O‘zbekiston termasi va “Paxtakor” klubining sobiq ustozi Valeriy Nepomnyashchiy Rossiya futbol ittifoqi (RFI)da ishlash taklifini qabul qildi. Bu haqda 73 yoshli mutaxassis “TASS”ga ma’lum qildi.
Avvalroq RFI rahbari Vitaliy Mutko ma’muriyatda “Rossiya futboli yuzi” hisoblangan 5–10 nafar kishi ishlashi kerakligini aytib o‘tgandi. Ayni damda nomzodlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, ular orasida Valeriy Nepomnyashchiy ham bor.
“Hozircha bizda dastlabki suhbat bo‘ldi va men RFIda ishlash uchun prinsipial rozilik berdim. Tafsilotlar haqida gapira olmayman. Lavozim rasmiy bo‘ladi”, – dedi Nepomnyashchiy.
Ma’lumot uchun, Valeriy Nepomnyashchiy 2006-yil O‘zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubida ishlagan. Bundan tashqari, rossiyalik murabbiy Kamerun va Xitoy termalarini, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va Rossiyaning bir qator klublarini boshqargan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)