Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi bilan shartnomasini uzaytirish arafasida turgan argentinalik futbolchi Lionel Messi nomi sir tutilayotgan jamoadan yana-da yaxshiroq taklif oldi. Bu haqda “Chempionat” El Mundo nashriga asoslanib xabar berdi.
Lionel Messini xarid qilish istagida bo‘lgan o‘sha klub futbolchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan 250 million yevro qiymatini pasaytirishi mumkin bo‘lgan yo‘lni topdi. Ya’ni, “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirmaslik uchun Messining o‘ziga 100 million yevro taklif qildi.
Lionelning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2018-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. U o‘z klubidan yiliga 25 million yevro maosh talab qilayotgan bo‘lib, El-klasikodan keyin shartnomasini uzaytirishi ko‘zda tutilgandi.
Avvalroq Messi uchun Angliyaning “Manchester Siti” klubi 200 million funt taklif qilgani haqida xabar chiqqandi.
Izoh (0)