AQShning San-Antonio shahri (Texas shtati)da noma’lum kimsa jarima qog‘ozini to‘ldirayotgan politsiyachini otib o‘tdildi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, politsiya xodimi o‘z mashinasida uning qarshisida turgan avtomobilning yo‘l harakati qoidalarini buzgan egasiga jarima yozayotgan edi. Shu vaqtda uning orqasiga boshqa mashina kelib to‘xtadi.
Transport vositasi ichidan chiqqan noma’lum shaxs huquq-tartibot xodimining boshiga qarata ikki marta o‘q uzdi. Shundan so‘ng jinoyatchi avtomobiliga o‘tirib, voqea joyidan yashirindi.
San-Antonio politsiyasi rahbari qotillik jarima bilan bog‘liq deb hisoblamayapti. Qotillik sabablari hozircha noma’lum. Halok bo‘lgan politsiyachi 20 yillik tajribaga ega bo‘lgan 50 yoshli ofitser Benjamin Markoni ekani ma’lum qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)