Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening advokati u mamlakatda avj olgan korrupsion janjalga aloqadorligini inkor qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Prokuratura ma’lumotlariga qaraganda, prezident dugonasi, uning saylov kampaniyasida ishtirok etgan Chxve Sun Sil davlat ishlariga aralashishiga hamda mahalliy kompaniyalarga bosim o‘tkazib, ulardan pul undirishiga qo‘yib bergan.
Ammo prezidentning advokati bu ayblovlar uydirma ekanligini uqtirmoqda.
Tergovchilar daxlsizlik huquqi tufayli prezidentga nisbatan ayblov ilgari sura olmaydi. Chxve Sun Silga nisbatan esa rasmiy ayblov ilgari surildi. U hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.
Chxve Sun Sil janjal boshlanishidan oldin mamlakatni tark etgan edi. U hukumatdagi aloqalari yordamida moliyaviy manfaat ko‘rganini inkor qilib kelmoqda.
Izoh (0)