NATO mamlakatlari Turkiyada 15-iyulda muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan harbiy to‘ntarish ishtirokchilariga siyosiy boshpana taqdim etmasligi lozim. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“NATO mamlakatlari boshpana bo‘yicha ushbu iltimosnomalarni qabul qilmasligi lozim. Bu iltimosnomalarni terrorchilikda ayblanayotgan kishilar kiritmoqda”, — uning so‘zlarini keltiradi AFP.
“Terrorchi, putch harakatida ishtirok etgan harbiy xizmatchi-terrorchi NATOga nima foyda keltirishi mumkin?”, — qo‘shimcha qildi Turkiya yetakchisi.
Ilgariroq NATOning Ramshtayndagi (Germaniya) harbiy bazasida xizmat o‘tayotgan bir necha turkiyalik harbiy ushbu mamlakat hukumatidan boshpana so‘ragan edi.
Izoh (0)