Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-oktabrda Iroqning Mosul shahrini IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiya boshlanganidan buyon ushbu hududda majburiy ko‘chgan odamlar soni 60 ming kishiga yetdi va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tarqatgan bayonotda aytiladi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Qochqinlarning to‘rtdan uch qismi Mosuldan sharqdagi va janubdagi — Naynava, Anbar va Arbildagi lagerlarda qo‘nim topdi, qolganlar esa qabul qilayotgan jamoalar va jamoatchilik binolarida istiqomat qilmoqda.

Gumanitar agentliklar 45 ming qochqinni lagerlarga joylashtirdi, yana 47 ming kishilik joylar borligi aytilmoqda. Qo‘shimcha tarzda yana 453 ming kishini joylashtirish maqsadida boshqa joylarda ham qurilish ishlari jadallashtirilmoqda, deb ta’kidlanadi bayonotda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi