Futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov va jamoa bosh menejeri Oliver Birxoff Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turnirining qur’a marosimiga tashrif buyuradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yoaxim Lyov va Oliver Birxoff Qozonda bo‘lib o‘tadigan qur’a marosimiga tashrif buyuradi”, – deyiladi xabarda.
Qur’a tashlash marosimi 26-noyabr kuni Qozondagi tennis akademiyasida bo‘lib o‘tadi.
Futbol bo‘yicha Jahon chempionatidan bir yil avval bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar Kubogida ishtirok etadigan sakkiz jamoadan yetti vakili nomi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Unda Rossiya mezbon sifatida, Germaniya esa amaldagi jahon chempioni sifatida qatnashadi. Shuningdek, Yevropa chempioni Portugaliya, Osiyo yetakchisi Avstraliya, Kopa Amerika g‘olibi Chili, KONKAKAF chempioni Meksika va Okeaniya vakili Yangi Zelandiya Rossiyaga tashrif buyuradi. Sakkizinchi ishtirokchi Afrika Millatlar Kubogi g‘olibi bo‘ladi.
Gol urilganini aniqlash tizimi Rossiyadagi Konfederatsiyalar kubogida qo‘llanadi
“Krasava” nomini olgan Konfederatsiyalar Kubogi—2017 ning rasmiy to‘pi namoyish etildi
Rossiya Konfederatsiyalar Kubogi—2017 uchun chiptalar savdosini boshladi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)