BMT Bosh Assambleyasining uchinchi qo‘mitasi natsizmni qahramonlashtirishga qarshi kurash hamda irqchilik, irqiy kamsitish va ksenofobiyaning zamonaviy shakllarini bartaraf etish zarurati to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Hujjatni 131 mamlakat, shu jumladan, Belarus, Venesuela, Hindiston, Isroil, Qozog‘iston, Xitoy va Suriya qo‘llab-quvvatladi. 48 davlat, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ovoz berishdan tiyildi. AQSh, Ukraina va Palau qarshi ovoz berdi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida millatchi-sotsialistlar (natsistlar) tomonidan insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni xaspo‘shlash yoki ularni inkor etishga qarshi kurash to‘g‘risidagi loyihani Rossiya tomoni taklif etgan edi.
Izoh (0)