17-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkentning “Lokomotiv” klubi mamlakat tarixida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu yo‘lda u bilan raqobat olib borayotgan “Bunyodkor” o‘z maydonida “Navbahor”ni yenga olmagach, chempionlik masalasi hal etildi.
2. “Adolat” Prezidentlikka nomzodining soxta sahifalari paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi. Bu kabi tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida partiya o‘z nomzodining rasmiy sahifalarini havola qildi.
3. Hillari Klinton prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatidan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi. U Vashingtondagi jurnalistika muzeyida Amerikaning Bolalarni himoya qilish jamg‘armasi yig‘inida nutq so‘zladi.
4. O‘zbekistonlik 19 yoshli yigit Dota 2 kompyuter o‘yinidan hozirga qadar 100 ming AQSh dollariga yaqin pul ishladi. Dota 2 o‘yinining dunyo reytingida o‘zbekistonlik Akbar To‘rayev 9-o‘rinni egallab turibdi.
5. Monening “Pichan g‘arami” surati fransuz musavviri asarlari uchun rekord summaga sotildi. U Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Christie’s auksion uyi kimoshdi savdosida ushbu fransuz musavviri asarlari uchun rekord summa — 81,4 million dollarga sotildi.
Izoh (0)