Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevni ishdan bo‘shatish haqidagi farmonida qonunbuzarliklar borligini inkor etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ilgariroq jurnalistlar poraxo‘rlikda ayblanib qo‘lga olingan vazir Ulyukayevni lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi buyruq hukumat rahbari Dmitriy Medvedevdan emas, prezidentdan kelgani qonunga zid ekanligi haqida yozib chiqqan edi. Peskov bu ayblovlarga javob qaytardi.
“Hech qanday qonun buzilishi yo‘q. Qonunga ko‘ra, lavozimga tayinlash va undan bo‘shatish davlat rahbari tomonidan amalga oshiriladi, va bu ish qilindi”, — ta’kidladi u.
Izoh (0)