Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmunning “Rubin” klubidan “Rostov”ga o‘tishi bo‘yicha ishi yuzasidan hujjatlar qabuli yakunlandi. Bu haqda futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi huquqshunos Mixail Prokopets “TASS”ga ma’lum qildi.
Oktabr oyi oxirida FIFA Sardor Azmunning transferi borasida taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, futbolchining o‘zidan transferining haqiqiy kelishuvi va uning ilovalarini taqdim qilishni so‘radi. Eronlik futbolchi barcha rasmiy hujjatlarni taqdim qildi.
“Hujjatlar qabuli yakunlandi. ‘Rubin’ politsiyadan ariza yuborgan taqdirda ham u qabul qilinmaydi. Mazkur ish FIFA yig‘ilishida, dekabr oxiri yoki yanvar boshlarida ko‘rib chiqiladi”, – dedi Prokopets.
Joriy mavsumda Sardor Azmun “Rostov”ning barcha turnirlarida 20 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)