IShID terrorchi guruhi jangarilari 16-noyabr ertalabki soatlarida Afg‘oniston poytaxti Kobulda sodir bo‘lgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, mototsikl mingan xudkush terrorchi xavfsizlik xizmati xodimlari ketayotgan avtomobilga hujum uyushtirgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)