“Nyuells Old Boyz” U10 sardori Maksimiliano Paryente “Rosario Sentral”ga qarshi futbol o‘yini oldidan jamoadoshlarini ruhlantirayotgani aks etgan video sabab mashhur bo‘lib ketdi, — deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Bolakayning nutqini videoni ko‘rish orqali eshitish mumkin. So‘zlarining tarjimasi esa quyida keltirilgan.
“Bu biz uchun final — butun yilimizni faqat shu uchrashuv uchun safrladik. Bu futbolkalarni kiygan kunimizni eslang! Bizni qattiq charchatgan mashg‘ulotlarimiz va kunlarimizni yodga oling! Yigitlar, hozir hammasi yakuniga yetadi. Bugun biz o‘zimiz uchun g‘alaba sovg‘a qilib, chempion bo‘lamiz! Bor diqqat-e’tiborimizni maydonga qaratishimiz va borimizni berib o‘ynashimiz kerak. Uchrashuv qanday natija bilan yakunlanmasin, biz bir jamoa bo‘lib qolaveramiz! Rosariodagi eng sharafli libos uchun borimizni beramiz, olg‘a! Hammasi ‘Nyuells Old Boyz’ uchun!”.
Bellashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu esa Maksimiliano Paryente jamoasining chempionligi uchun kifoya qildi.
Izoh (0)