Xitoyda mahalliy amaldorni mix otuvchi to‘pponcha bilan o‘ldirgan fermer qatl etildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
O‘lim hukmi 15-noyabr kuni Xebey provinsiyasining Shitszyachjuan shahrida ijro etildi. Xitoy qonunlariga muvofiq, Szya Szinlun ismli fermerga o‘limi oldidan oila a’zolari bilan vidolashishga ruxsat berildi.
2013-yilda Szya Szinlun o‘z dugonasiga uylanish maqsadida uyini ta’mirlay boshlagan edi. Ammo qishloq partiya qo‘mitasi kotibi Xe Szyanxua uyni buzishga ko‘rsatma berdi. Bunday qarorning sababi noma’lum. Ammo uy buzilganidan so‘ng qiz fermerni tashlab ketdi.
Szya Szinlun kotibdan qasos olish uchun uni o‘ldirdi. 2015-yil noyabrida sud uni aybdor deb tan olib, o‘lim jazosiga hukm qildi.
Izoh (0)