Ozarbayjon prezidentini internet resurslarida haqorat qilgan yoki uni yerga uradigan gaplar yozgan foydalanuvchilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mamlakat Milliy Majlisiga Ozarbayjon jinoyat kodeksining 323.1 bandiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi taklif kiritildi. Kiritilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq, OAVda va san’at asarlarida mamlakat rahbarini haqorat qilish qonunan jazolanadigan bo‘ladi.
Bu kabi xatti-harakatlar uchun 500–1000 manat miqdorida jarima, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari hamda ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutiladi.
Izoh (0)