AirlineRatings portali 2017-yilda qaysi aviakompaniyalar eng yaxshi natijalar ko‘rsatishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Yangi Zelandiyaning milliy aviakompaniyasi — Air New Zealand kuchli o‘ntalik boshiga keladi.
Ikkinchi o‘rin Avstraliyaning eng yirik aviakompaniyasi — Qantas Airways’ga tegishi bashorat qilindi. Kuchli uchlikka, portal mutaxassislariga ko‘ra, Singapore Airlines yakun yasaydi.
Qolgan o‘rinlarga quyidagi aviakompaniyalar munosib ko‘rildi: Cathay Pacific Airways (Gonkong), Virgin Australia va Virgin Atlantic (Richard Brensonning Virgin Group guruhi tarkibiga kiruvchi ikki aviakompaniya beshinchi o‘rinni bo‘lishib oldi), British Airways (Buyuk Britaniya), Etihad Airways (BAA), All Nippon Airways (Yaponiya), Eva Air (Tayvan), Lufthansa (Germaniya).
Izoh (0)