Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov yana bir bor Kremlda 2017-yili muddatidan avval Rossiya prezidenti saylovini o‘tkazish muhokama qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Muddatidan avval prezident saylovini o‘tkazish rejalari yo‘q”, – dedi Peskov “Dojd” telekanaliga.
“Dojd” Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi yaqin manbalariga tayanib, Kremlda 2018-yilning martida Vladimir Putinning vakolati rasman tugaganda emas, 2017-yilning bahorida prezident saylovi o‘tkazish haqida rejalar muhokama qilinganini qayd etmoqda.
“Dojd”ning boshqa manbalariga tayanib qayd etishicha, Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan so‘ng Kremlda ushbu fikrdan qaytishdi.
AQSh prezidenti saylovida Hillari Klinton g‘alaba qozonganida, Rossiya prezidenti saylovini muddatidan avval o‘tkazish ssenariysi aktual sanalar edi. Klinton Rossiya hukumati siyosatini keskin qoralagandi va Rossiyada prezident saylovi oldidan o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin edi.
Izoh (0)