Toshkentning “Bunyodkor” futbol maktabi xalqaro turnirda ishtirok etish borasida Malayziyadan taklif oldi. SuperMokh—2016 musobaqasi ikki yosh toifasida o‘tkaziladi: U12 va U14. “Bunyodkor” har ikki musobaqada ham o‘z futbolchilari bilan ishtirok etadi.
14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar musobaqasiga Angliyaning “Manchester Siti”, Fransiyaning “PSJ”, Portugaliyaning “Sporting”, Braziliyaning “San Paulu” kabi klublari tashrif buyuradi. Qur’a natijasiga ko‘ra ular Toshkent grandi bilan to‘qnash kelib qolishi ham mumkin.
Musobaqa 11—19-dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)