Afg‘oniston parlamenti uch nafar vazirni egallab turgan lavozimidan chetlashtirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, jamoat ishlari vaziri Mahmud Balig‘, mehnat, ijtimoiy ta’minot, urush qurbonlari va nogironlar ishlari bo‘yicha vazir Nasrin Oryaxil parlamentda yetarli miqdorda ishonch ovozlarini to‘play olmadi.
Ularning chetlashtirilishiga ko‘rsatilgan vazirliklar ajratilgan mablag‘ni belgilangan vaqtda ishlata olmagani sabab bo‘ldi.
Izoh (0)