AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama mazkur lavozimidagi oxirgi xalqaro turnesiga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Prezident 14-noyabrdan boshlanadigan 6 kunlik safari davomida AQShdagi saylovlarda Donald Tramp g‘alaba qozonganidan xavotirga tushgan dunyo yetakchilarini tinchlantirishga harakat qiladi. Biz, qayerga bormaylik, asosiy mavzu har gal saylovlar bo‘lishini kutmoqdamiz”, — deya ta’kidladi Obamaning milliy xavfsizlik maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rods.
Obama Berlinga tashrifi chog‘ida Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u Gretsiyaga boradi va Peruda o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi sammitida Xitoy rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)