Sud ta’qibidan Yangi Zelandiyada yashirinib yurgan Xitoyning Tonghua Golden-horse Group farmatsevtika kompaniyasi sobiq rahbari Yan Yunmin o‘z ixtiyori bilan vataniga qaytdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” agentligiga ko‘ra, mansabdor Xitoydan qochib ketib, Avstraliya va Yangi Zelandiyada 15 yil davomida yashirinib yurgan. Biroq mamlakat rasmiylari tomonidan zo‘r berib qidirilayotgan 100 nafar korrupsiyachi ro‘yxatidagi Yan Yunminga qanday ayblov qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lumot uchun, 1993-yilda tuzilgan Tonghua Golden-horse Group Shimoli-Sharqiy Xitoyning Szilin provinsiyasida joylashgan bo‘lib, kompaniyada 1,6 ming xodim ishlaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)