Argentina milliy terma jamoasining so‘nggi mag‘lubiyati mamlakatda kattagina noroziliklar keltirib chiqardi, deb yozdi “Chempionat”. JCh—2018 saralashining 11-turida Braziliya mehmoni bo‘lgan argentinaliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Argentina OAVsi va futbol muxlislari yirik mag‘lubiyatni qattiq oldi hamda bunga bosh aybdor sifatida “Barselona” hujumchisi Lionel Messini ko‘rsata boshladi. So‘nggi vaqtlarda Messi tanish-bilishchilikda ayblab kelinayotgan bo‘lib, Braziliya bilan o‘yindan keyin bu jarayon yanada keskinroq tus oldi.
Gap shundaki, Messi terma jamoa bosh murabbiyi Edgardo Bausadan bir qator futbolchilarni terma jamoaga chaqirmaslikni so‘rab, ularning tashrifi muhitni buzayotgani haqida aytib o‘tgandi. Endilikda mahalliy OAV murabbiy Messining aytganiga ko‘ra, uning do‘stlarini chaqirishda davom etsa, hujumchi terma jamoadan ketishi kerakligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Messi Kopa Amerika finalida Chilidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin terma jamoa bilan xayrlashgandi. Keyinroq esa yangi bosh murabbiy sifatida ish boshlagan Bausa Messini termaga qaytarishga muvaffaq bo‘lgandi.