Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati — La Liga prezidenti Xavyer Tebas “Barselona” futbolchilari haqida bildirgan fikri uchun uzr so‘ramasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Tebas “Barselona”ning “Valensiya”ga qarshi (3:2) 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida kataloniyalik futbolchilarning maydondagi xatti-harakatlari tanqid qilgandi. Shundan so‘ng, “ko‘k-anor ranglilar” sobiq prezidenti Joan Gaspar La Liga rahbaridan uzr so‘rashni talab qildi.
“Men bilan bunday voqealar sodir bo‘layotgani alamli. Ma’naviy jihatdan bu menga og‘riq va noqulaylik keltirmoqda. ‘Barselona’ oldida uzr so‘ramayman, chunki ikkiyuzlamachi emasman. Bu holat meni xavotirga solmoqda. Oxirgi uch yarim yilda Ispaniya futbolida zo‘ravonlikka qarshi kurashdim”, – dedi Tebas.
Avvalroq “Barselona” klubi La Liga prezidenti ustidan Ispaniya tribunaliga shikoyat arizasini bergani haqida xabar qilingandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.