AQSh prezidenti saylovida Donald Tramp zafar quchgach, dunyoga mashhur sportchilar bu borada o‘z noroziliklarini bildirib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida turlicha izoh qoldirdi. Quyida ular bildirgan fikrlar bayon etiladi.
Jamal Krouford (basketbol)
“Meni qo‘rquv qamrab oldi...”Garri Kasparov (shahmat)
“Amerikaliklar Tramp g‘alaba qozonsa, Kanadaga ko‘chib ketamiz deb hazil qilishmoqda. Boltiqbo‘yida istiqomat qiluvchilar esa o‘z mamlakatlari va hayotlari xavfsizligidan jiddiy xavotirga tushib qolishdi”.Jey Demerit (futbol)
“Viskonsin shtatidan ekanimdan doim faxrlanganman. Bu kecha esa yo‘q...”Jabari Parker (basketbol)
“‘Amerikaga asos solamiz’ degan gaplarni ko‘rishim bilan qullik hukmron bo‘lgan va ayol huquqlari bo‘lmagan davrlar ko‘z oldimga kelmoqda”.Fil Xelmut (poker)
“Meksika va Kanada devor qurishlari haqida hozirgina ma’lum qilishdi!”Joel Embiid (basketbol)
“Biz hammamiz Afrikadan kelganmiz va u bizni mamnuniyat bilan qabul qiladi”.Yan Vertongen (futbol)
“Ko‘zlarimga ishonolmayapman. Bu hafsalamni pir qildi”.Vensan Kompani (futbol)
“Nimalar bo‘lyapti?! Yaxshisi butun dunyoni ahmoqlar qo‘liga beraylik. Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan. Yangi avlod realiti-shousi”.Zigfrid Maze (o‘q otish)
“Oldin 11.09 bor edi. Endi 09.11...