“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares tez orada kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Barchasi joyida, tomonlar muzokalarni yakunlamoqda. ‘Barselona’ – men doim o‘ynashni istagan klub”, – dedi urugvaylik futbolchi.
Avvalroq 29 yoshli hujumchining kataloniyaliklar bilan 2019-yilgacha amal qiladigan shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirishi haqida ma’lum bo‘lgandi. Uning kelishuvi 2022-yilning 30-iyunigacha uzaytirilishi ham mumkin.
Yangi kelishuvga ko‘ra Luis Suares yiliga 25 million yevro maosh olishi ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)