Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov erkaklar o‘rtasida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha jahon chempionini aniqlaydigan o‘yinni ochib berishi uchun Donald Trampni taklif qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Telegramma orqali Donald Trampni AQSh prezidenti saylovida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladim. Shuningdek, Trampni 11-noyabr kuni shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilish o‘yinida birinchi yurishni amalga oshirishi uchun taklif qildim”, – dedi Ilyumjinov.
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen va chempionlikka da’vogar rossiyalik Sergey Karyakin o‘rtasidagi 12 partiyadan iborat uchrashuvlar 11–30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.Eslatib o‘tamiz, AQShda 8-noyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozondi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)