Rossiyalik yarim himoyachi Andrey Arshavin Qozog‘istonning “Kayrat” futbol klubi bilan shartnomasini uzaytirdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Xabarda qayd etilishicha, 35 yoshli futbolchi 2016-yilning dekabrigacha mo‘ljallangan kelishuvini 2017-yilning oxirigacha uzaytirdi.
Andrey Arshavin 2016-yilning mart oyidan buyon “Qayrat” jamoasida to‘p surib kelmoqda. Yarim himoyachi olmaotaliklar safida 36 uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)