Samvel Babayan ustozlik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-noyabr kuni Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushadi. JCh—2018 3-saralash bosqichi doirasida o‘tadigan mazkur bellashuvga Seul shahri mezbonlik qiladi.
O‘FF matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa Seulga 13-noyabr kuni charter reys bilan jo‘nab ketadi. Uning taxminiy vaqti tonggi 9:00.
Janubiy Koreya bilan bellashuv oldidan O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan mazkur bellashuv 10-noyabr kuni soat 17:00 da start oladi.
Izoh (0)