AQSh prezidenti Barak Obama Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komiga avvalgiday ishonadi. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Joshua Ernest bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Jurnalistlar bilan suhbat AQSh prezidentini Michigan shtatiga olib ketayotgan samolyot bortida bo‘lib o‘tdi. U yerda Obama AQSh prezidentligiga Demokratlardan nomzod Hillari Klintonning tarafdorlari oldida chiqish qiladi.
“Prezident Komini halol va prinsipial inson deb hisoblaydi. Prezidentning unga munosabati o‘zgargani yo‘q. U ilgarigiday FQBni boshqarish qobiliyatiga ega”, — ta’kidladi Ernest, jurnalistlarning savollariga javob berarkan.
Izoh (0)