“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Sevilya”ga qarshi Ispaniya chempionati 11-turida gol kiritib, kataloniyaliklar safidagi gollari sonini 500 taga yetkazdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
29 yoshli argentinalik futbolchi o‘yinning 43-daqiqasida gol kiritdi. Uchrashuv esa “Barselona”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Xabarda qayd etilishicha, Messi 469 golni rasmiy, 31 golni esa norasmiy o‘yinlarda kiritgan.
2003-yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelayotgan Lionel Messi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Izoh (0)