Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini (Brexit) boshlashga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda, Sky News telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Birinchi loyihasi tayyorlanayotgan yangi qonun Lissabon kelishuvining 50-bandini rasman ishga tushirishi ko‘zda tutilmoqda. Hukumat parlamentni rezolyutsiya qabul qilish yo‘li bilan jarayonni tezlashtirishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi. Ammo parlament bunga ko‘nishi noma’lum bo‘lgani sababli vazirlar mahkamasi uzoq istiqbolli ssenariy ustida ham ishlamoqda. Unga ko‘ra, qonun loyihasi ishlab chiqilib, u ikki palata tomonidan qo‘mitalarda uch o‘qishda muhokama qilinadi va qabul qilinadi.
Ilgariroq London sudi Britaniya hukumat Brexit’ni parlament roziligisiz boshlashni taqiqlagan edi. Shundan so‘ng mamlakat bosh vaziri Tereza Mey parlamentni mamlakatning Yevroittifoqdan chiqish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullashga chaqirdi.
Izoh (0)