Misr shimolida, Nil deltasida joylashgan, 100 ming kishi yashaydigan Burullus shaharchasi butun dunyodan strit-art ishqibozlarini to‘plamoqda. Burullus ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan baliqchilar shaharchasi binolar devorlari va yo‘llarga chizilgan suratlar bilan sayyohlar diqqatini tortmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Shaharchada uch yildan beri devoriy surat festivali o‘tkaziladi, rassomlar uchun molbert vazifasini esa turar-joy binolari devorlari bajaradi.
Joriy yilda Misrning madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratilgan xususiy jamg‘armalaridan biri tashkil etgan ko‘rgazmaga 13 mamlakat vakillari tashrif buyurdi. Jamg‘arma rahbari Abdulvahob Abdulmuhsinning so‘zlariga qaraganda, Misr uchun an’anaviy bo‘lmagan bunday festivaldan ko‘zlangan maqsad turistlar diqqatini ushbu kichik shaharchaga tortishdir.
Izoh (0)