Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlamentni “xalq qarorini qabul qilish”, ya’ni mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishini ma’qullashga chaqirdi. Bu haqda u Hindistonga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Oldinroq London oliy sudi mamlakatning Yevroittifoqdan chiqish jarayoni parlamentda ovozga qo‘yilishi lozimligi haqida qaror qabul qilgandi. Hukumat sud qaroriga apellyatsiya berdi, dekabr oyi boshlarida shikoyatning ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Mey London oliy sudida apellyatsiya qondirilmasa va hukumat parlament tomonidan Brexit ma’qullanishini kutishga majbur bo‘lsa, Britaniya voqealar rivojining eng yomon variantiga duch kelishi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)