Rossiyaning Arxangelsk viloyatida ovchilar guruhi brakonyerlar o‘rmonga o‘rnatgan qopqondan o‘n oylik ayiq bolasini ozod qildi, deb yozadi “TASS” hududiy tabiiy resurslar va o‘rmon sanoati majmuasi vazirligiga tayanib.
“Ayiqchaning bo‘yni va old panjasi arqonga o‘ralib qolgan edi. Ovchilar ayiq bolasini ehtiyotkorlik bilan bo‘shatdi. Jonivorning hech qayeri lat yemagandi, va u shu zahotiyoq o‘rmonga qochib kirib ketdi”, — deyiladi xabarda.
Qutqaruv operatsiyasi ishtirokchisi ovchilik nazorati noziri Igor Savinskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayiqcha to‘ladan kelgan bo‘lib, yaqin orada qishki uyquga ketishi mumkin.
Vazirlik eslatishicha, bunday qopqonlardan foydalanib ov qilish 6 oygacha hibs bilan jazolanishi mumkin.
Izoh (0)