AQShning Filadelfiya shtatida politsiya AQSh prezidentligiga demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton shtabi xodimlarining uchta kompyuterini o‘g‘irlashda gumonlangan 27 yoshli erkakni hibsga oldi, deb yozadi “RBK”. Tartib posbonlari, shuningdek, o‘g‘irlangan noutbuklarni ham topgan.
Texnika Daymond-stritdagi uylardan biri tintuv qilinishi natijasida topilgan. Tergovchilar ma’lum qilishicha, erkak “katta jinoiy o‘tmishga ega”.
AQSh milliy xavfsizlik vazirligi vakillari aytishicha, o‘g‘rilik tamoman tasodifiy bo‘lgan va erkak o‘z “o‘ljalari” saylovoldi kampaniyasiga aloqador ekanligini bilmagan.
Noutbuklar 4-noyabr kuni o‘marilgan edi. O‘shanda Klinton shtabi xodimlari o‘z avtomobilini turargohda qoldirib, o‘zlari bir nechta daha naridagi restoranga jo‘nagan. Noma’lum kimsalar esa avtomobil oynalarini sindirib, mashinada qoldirilgan ryukzaklar va kompyuterlarni olib ketgan.
Izoh (0)